Messi – daho, qolganlar unga moslashadi – PSJ sport direktori

Sport

image

PSJ sport direktori Leonardo hujumchi Lionel Messining klubga moslashuvi haqida fikr bildirdi.

“Messi haqida salbiy fikr bildirsangiz, bu futbol haqida hech narsani tushunmaganingizni ko‘rsatadi. Biz shubha qilmaymiz. Messining raqamlariga qarasangiz, uning dastlabki olti oyi aql bovar qilmas darajada o‘tdi. U va Mbappe klub uchun deyarli barcha gollarda qatnashgan. Leo hal qiluvchi o‘yinchi”, deydi Leanardo.

Shuningdek, Leonardo Messining barqaror o‘yinlarini yuqori baholadi:

“Har bir o‘yinda 12 kilometr yugurish kerakligini kim aytdi? U 20 yil davomida bir xil uslubda o‘ynadi. Yangi o‘yinchilar paydo bo‘lganda, u o‘zgaradi. Ammo u moslashuvchan, chunki u – daho. Bizning boshqa o‘yinchilarimiz esa unga moslashadi”.

Eslatib o‘tamiz, Messining UEFA Chempionlar ligasi 2-turida “Manchester Siti” darvozasiga kiritgan to‘pi guruh bosqichining eng chiroyli goli, deb topilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi PSJ Mbappe Leonardo

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing