Messi bu safar g‘alaba qozonmasligi kerak edi – Kroos

Sport

image

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalaridan norozi ekanini bildirdi.

“Birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, individual mukofotlar meni qiziqtirmaydi, lekin ular bor ekan, shunday bo‘laqolsin. Menimcha, Messi bu safar g‘alaba qozonmasligi kerak edi. Agar yil oxirida qaysidir futbolchiga baho beradigan bo‘lsak, eng yaxshisi – Benzema. Hech shubha yo‘qki, Messi Ronaldu bilan birga so‘nggi o‘n yillikning eng zo‘rlari, lekin menimcha, Krishtianu Leoni ortda qoldira olgan”, deydi Kroos.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik uchun bu mukofot faoliyatidagi yettinchisi bo‘ldi. Ushbu natija mutlaq rekorddir. 

5 karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblangan “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ovoz berish yakunlariga ko‘ra 6-o‘rinni egalladi va so‘nggi 11 yil ichida birinchi marta kuchli beshlikdan tushib qoldi. Karim Benzema esa umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinni egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Krishtianu Ronaldu Oltin to'p Karim Benzema Man Yunayted Kroos

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing