Messi “Barselona” sardori sifatida 100 ta o‘yin o‘tkazdi

Sport

−

image

Argentina terma jamoasi va “Barselona” hujumchisi Lionel Messi Kataloniya klubi safida sardor sifatida 100ta o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylandi.

Argentinalik futbolchi kecha La Liganing 34-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahsning 61-daqiqasida Usmon Dembele o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va Serji Busketsdan sardorlik bog‘ichini qabul qilib oldi. Bu uning “Barselona” sardori sifatidagi 100-o‘yini bo‘ldi. 

Messi “Barselona” sardori bo‘lgan 99 ta o‘yinda jamoa 79 bahsni o‘z foydasiga hal qilgandi. Shuningdek, futbolchining o‘zi bu o‘yilardan 105 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

8

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing