Messi Pelening rekordini takrorladi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” kluba hujumichisi Lionel Messi braziliyalik futbol afsonasi Pelening bir jamoa uchun urilgan gollar soni bo‘yicha rekordini takrorladi.

Messi Ispaniya chempionatining 14-turi doirasida “Valensiya”ga qarshi o‘yinda “Barselona” safidagi 643-golini urdi. Birinchi bo‘lim oxirida futbolchi boshi bilan zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi. Bundan avvalroq, 33- daqiqada u penaltidan unumli foydalana olmagandi.

Pele ham Braziliyaning “Santos” klubi safida 643 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Valensiya” o‘yinida birinchi bo‘limdan keyin hisob 1-1 bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Pele

Baholaganlar

375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing