Messi “Barselona”ga qachon qaytishini ma’lum qildi
Sport
−
01 noyabr 2021 10295 1 daqiqa
PSJ hujumchisi Lionel Messi qachonlardir Kataloniyaga qaytadi. Bu haqda futbolchining o‘zi “Sport.es” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“To‘g‘risi, men sevimli jamoamda qolish uchun qo‘limdan kelganini qildim, lekin hech qachon tekinga o‘ynashimni so‘rashmadi. Mendan maoshimni ellik foizga qisqartirishni iltimos qilishdi, buni hech qanday muammosiz qabul qildim. Klubga ko‘proq yordam berishga tayyor edim. Oilam Barselonada qolishni orzu qiladi. PSJ bilan shartnomam qachon tugashini bilmayman, ammo aniq aytamanki, biz, albatta, Kataloniyaga qaytamiz va u yerda yashaymiz. Oilam ham, men ham shuni istaymiz”, deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 avgustida Kataloniya klubi Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qildi. Bunga Ispaniya La ligasi reglamentida ko‘rsatilgan moliyaviy to‘siqlar sabab bo‘ldi. 10 avgust kuni esa Messi PSJ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bitim yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta “El klassiko” oldidan Messining ketishi voqeasini eslagan edi. Uning ta’kidlashicha, Leo 2 yil avval klubdan ketishini rejalashtirib bo‘lgan.