Messi “Barselona” bilan shartnomasini ikki yilga uzaytiradi — OAV

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda “El Confidencial” xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, kelishuv ikki yilga imzolanadi. Shartnomaning uzaytirilishi haqida rasman yaqin kunlarda e’lon qilinadi. 

O‘tgan mavsum argentinalik Ispaniya chempionatida 35 ta uchrashuvda qatnashgan, ularda 30 ta gol urgan va 9 ta golli pas bergan. 

Ma’lumot o‘rnida, Messi Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi. U asosiy jamoada 2004 yilda debyut qilgan. “Ko‘k-anorranglilar” bilan birgalikda u 35 ta unvonni qo‘lga kiritgan. Forvard olti marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. 

2019/20 yilgi mavsum tugagandan so‘ng, hujumchi klubni tark etish istagini e’lon qildi, ammo “ko‘k-anorranglilar” futbolchini 700 million yevro miqdorida tovon puli to‘lamasdan qo‘yib yubormagan, shu sababli argentinalik ushbu tarkibda qolishga qaror qilgan. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yilning yozigacha mo‘ljallangan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing