Messi “Barsa” bilan qachon yangi muzokaralar boshlashi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumdan so‘ng klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda "Cope" xabar bergan.   

Qayd etilishicha, argentinalik futbolchi otasi Xorxe Messiga "ko‘k-anorranglilar" chempionlik poygasida qatnashayotgan paytda muzokaralarga kirishmasligini aytgan. 

Ta’kidlanishicha, tomonlar norasmiy suhbatlar o‘tkazgan. 

2003 yildan beri jamoaning asosiy tarkibida to‘p surayotgan Messi Ispaniyaning o‘n karra chempioniga aylangan, olti marta mamlakat kubogini, sakkiz marta mamlakat superkubogini, to‘rt marta Chempionlar Ligasini yutgan, shuningdek, klublar o‘rtasidagi Jahon kubogini uch marta qo‘lga kiritgan. 

Ushbu mavsumda Messi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan. 

30 turdan so‘ng "Barselona" 65 ochko to‘plab, chempionat jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

516

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing