Messi Argentina terma jamoasiga qancha daromad keltirgani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
16:13 637 1 daqiqa
Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) Lionel Messining terma jamoadagi faoliyati davomida 121 million dollar miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Bu hisob-kitobni “Diario AS” nashri keltirdi.
Manbaga ko‘ra, ushbu mablag‘ning asosiy qismi yirik musobaqalardagi muvaffaqiyatlar uchun berilgan mukofotlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
2019 yilda Argentina Kopa Amerikada uchinchi o‘rinni egallab, 8 million dollar mukofot puli olgan. 2021 yilda esa jamoa ushbu turnirda g‘olib chiqib, AFA hisob raqamiga yana 10 million dollar qo‘shgan.
Asosiy daromad 2022 yilda Qatarda o‘tkazilgan Jahon chempionatidagi g‘alabadan kelgan. Argentina turnirda chempion bo‘lgani uchun FIFA’dan 42 million yevro, CONMEBOL’dan esa qo‘shimcha 10 million yevro olgan. 2024 yilgi Kopa Amerikada ham Argentina g‘olib chiqib, 16 million yevro miqdorida mukofot puliga ega bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Messi 2005 yildan buyon Argentina terma jamoasi safida to‘p tepib keladi. U 2022 yilgi Jahon chempionati va ikki marta Kopa Amerika g‘olibi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 oktyabr kuni Messi Argentina terma jamoasi safida Beninga qarshi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. U 71-daqiqada gol urib, terma jamoadagi gollari sonini 126 taga yetkazdi. Shuningdek, Messi uchrashuvdagi 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi