Messi Amerika kubogining asosiy favoritini aytdi

Sport

image

“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi-2024 favoriti qaysi jamoa ekanini aytdi va bo‘lajak turnirdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“O‘ylashimcha, Argentina har doim favorit, g‘alaba qozonganimizda ham, maqsadlarimizga erisha olmaganimizda ham, Argentina hamisha favorit bo‘lib kelgan. Chempionat boshlanganda, xoh u Jahon chempionati, xoh Amerika kubogi yoki boshqa turnir, Argentina ham Braziliya kabi Amerika kubogini qo‘lga kiritishga asosiy da’vogar. Lekin hozirda Janubiy Amerika jamoalari ancha kuchaygan. Urugvay juda yaxshi shakllangan, Kolumbiya va Ekvador ham yaxshigina raqobat tug‘dira oladi. Bundan kelib chiqqan holda ayitishim mumkinki, barcha o‘yinlar qiyin bo‘ladi”, deydi Messi.

Ma’lumot uchun, Amerika kubogi 20 iyundan 14 iyulgacha AQSHning 14 shahrida bo‘lib o‘tadi. Argentina musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing