Messi Amerika kubogi o‘yinida Argentinaga yordam bera olmaydi

Sport

−

image

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Amerika kubogi guruh bosqichining so‘nggi turida Peru termasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda futbol jurnalisti Gaston Edul X sahifasida ma’lum qildi.

37 yoshli hujumchi o‘ng oyog‘ining mushaklari shikastlangani uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Futbolchi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Chili terma jamoasiga qarshi o‘yinda (1:0) o‘zini noqulay his qilgani aniq bo‘ldi.

Manbaga ko‘ra, Messi 29 iyun kuni yana tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng u terma jamoa safiga qo‘shiladi. 

Qayd etilishicha, futbolchi jamoa guruh bosqichining ikki turidan so‘ng yetib kelgan turnirning 1/4 finaliga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 29 iyun kuni Peru terma jamoasiga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Amaldagi jahon chempioni va Amerika kubogi sohibi Argentina terma jamoasi 6 ochko bilan “A” guruhida peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni Kanada (3 ochko), Chili (1) va Peru (1) terma jamoalari band etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing