Messi Amerika klubi aksiyalarini sotib olishi mumkin

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi 2023 yilning yozida MLSning “Inter Mayami” klubiga o‘tadi. Bu haqda “Diario AS” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi jamoaning sarmoyadorlaridan biriga ham aylanadi va 35 foiz aksiyani sotib oladi. Messi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan franchayzingga qo‘shilish g‘oyasiga qiziqib turibdi. Hujumchi keyingi mavsumni Parij klubida o‘tkazadi. Shundan so‘ng, Amerika Qo‘shma Shtatlariga yo‘l olishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Messi PSJga 2021 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Parij klubiga qadar Messi butun faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida o‘tkazgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing