Messi AQSHga ta’til uchun kelmagan – Bekxem
Sport
−
22 iyul 2023 4585 1 daqiqa
“Inter Mayami” klubi egasi Devid Bekxem argentinalik hujumchi Lionel Messining klubdagi asosiy vazifasini aytib o‘tdi. Messi Amerikaga bejizga kelmagan.
“Messi hali ham ishtiyoqqa to‘la, u yanada ko‘proq g‘alabalarga erishishni xohlaydi. U MLSga, Mayamiga yangi natijalarga erishish uchun keldi. Leo bu yerga ta’tilni o‘tkazishga kelmagan. U g‘alabalarga erishishi va mamlakatdagi yosh futbolchilarga motivatsiya berishi kerak”, deydi Bekxem.
O‘tgan mavsum argentinalik futbolchi PSJ safida barcha turnirlar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 20 ta golga assistentlik qildi. Uning Mayami klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.