Messi 2026 yilgi JCHda qatnashadimi?
Sport
−
28 Oktabr 2313 2 daqiqa
“Inter Mayami” sardori Lionel Messi, agar sog‘lig‘i imkon bersa, 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining chempionlik unvonini himoya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda futbolchi NBC News nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Jahon chempionatida o‘ynash g‘ayrioddiy narsa. Men u yerda bo‘lishni xohlayman. Agar o‘zimni yaxshi his qilsam, Jahon chempionatida Argentina terma jamoasining muhim qismi bo‘lishni istayman. “Inter Mayami” bilan mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshlaganimda, har kuni o‘zimni baholayman va haqiqatan ham 100 foiz o‘ynay olamanmi yoki yo‘qmi, shuni ko‘raman. Jahon chempionatida g‘alaba qozonish bu mening butun hayotimdagi orzum edi. Bunga erishish uchun oilam, xalqim va Argentina nomidan kurashganimni hech qachon unutmayman”, deydi Messi.
Shuningdek, u yaqinda “Inter Mayami” jamoasi bilan 2028 yil yakuniga qadar uzaytirilgan shartnomasi haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
“Men har doim faoliyatimni davom ettirish qarorini o‘zimni jismoniy va ruhiy jihatdan qanday his qilayotganimga qarab qabul qilganman. Bu yil o‘zimni juda yaxshi his qildim. Mayamida oilam bilan yashashdan baxtiyorman, shu sababli shartnomani uzaytirish qarori men uchun oson bo‘ldi”, deydi Messi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq argentinalik hujumchi Lionel Messi “Inter Mayami” klubi bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr