Mers Germaniya kanslerligiga ovoz yig‘ishda mag‘lub bo‘ldi

Olam

image

Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mers Germaniya bundestagida ovoz berish uchun birinchi urinishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Hukumat rahbari bo‘lish uchun Mers 316 deputatning qo‘llab-quvvatlashiga erishishi kerak edi. Biroq ovoz berish jarayonida u bor-yo‘g‘i 310 ta ovoz to‘plagan. “Qarshi” deb 307 deputat ovoz bergan, uch nafari betaraf qolgan. Bitta byulleten haqiqiy emas deb topilgan.

Ovoz berishning yana ikki turi o‘tkazilishi mumkin. Germaniya qonuniga ko‘ra, agar kanslerlikka nomzod birinchi turda saylanmasa, bundestag 14 kun ichida uni yoki boshqa nomzodni mutlaq ko‘pchilik (316 ovoz) bilan saylashi mumkin. Agar uchinchi urinishda bundestag bo‘lajak hukumat rahbarini aniqlay olmasa, unda oddiy ko‘pchilik ovoz yetarli bo‘ladi.

Agar Mers kerakli miqdordagi ovozlarni to‘play olganida, u shu bugunoq federal hukumat boshlig‘iga aylanardi.

“Bild” nashrining yozishicha, aynan Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi deputatlari Mersga qarshi ovoz bergan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Germaniyaning iste’foga chiqayotgan kansleri Olaf Shols yashirin ovoz berishning birinchi bosqichida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan – uni 736 deputatdan 395 nafari saylagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuni Berlindagi Bendlerblok harbiy majmuasi hovlisida Germaniya kansleri Olaf Shols bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tgan edi. An’anaviy “Buyuk oqshom shon-shuhrati” (Der Große Zapfenstreich) marosimida so‘zlagan Shols hamjihatlikka, demokratik qadriyatlarni asrab-avaylashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Berlin Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing