Myerkel sahnada “quladi”

Olam

Germaniya kansleri Angela Myerkel konferensiya paytida qoqilib ketdi. Voqeaning videosi Daily Mail tomonidan chop etildi.

Videolavhada nemis siyosatchisi qanday qilib qoqilib sahnaga ko‘tarilgani ko‘rsatilgan. Voqeadan keyin kansler “qadamlari”ni sezmayotganligini aytib hazillashgan, ammo “keyingi safar ularni ishlatishga” va’da bergan. Bu voqea Ko‘p tomonlama savdo va raqamli xavfsizlik bo‘yicha Berlin konferensiyasida nutq so‘zlash paytida yuz bergan.

Myerkel o‘z nutqida Jahon savdo tashkilotiga o‘zgarishlar kiritish kerakligini aytdi. Shuningdek, u Germaniya sanoat va savdo palatalari vakillariga murojaat qildi.

Joriy yilning yozida Germaniya kanslerining sog‘lig‘i ba’zi muammolar yuzaga kelgan edi. Kanslerni dalvat rahbarlari bilan uchrashuvda kuchli titroq bosgandi.

Jumladan, 18 iyun kuni u Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda ilk bor titragandi. 27 iyun kuni Myerkel Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvda shunday holatga tushdi. Uchinchi marta esa 10 iyul kuni Finlyandiya Bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuvda Merkel titradi. Keyinchalik Myerkel titrashini suvsizlikdan ekanligini aytgan.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Merkel' quladi

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar