Merkel ketyapti. Putin uni sog‘inishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zi bilan Germaniya kansleri Angela Merkel o‘rtasida ish bo‘yicha yaxshi aloqalar mavjudligi haqida gapirdi. Rossiya rahbari Merkel siyosatdan ketsa, uni sog‘inib qolishini ma’lum qildi. 

“Albatta. Uning o‘rnida kim bo‘lishini bilmayman. Bizning Angela bilan ish bo‘yicha aloqalarimiz haqiqatan yaxshi va men uni juda qadrlayman”, degan Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashuvda. 

Shuningdek, Putin Merkelning tajribali siyosatchi, ishonchli shaxs ekanini ta’kidlagan. Rossiya rahbari kelajakdagi Germaniya rahbariyati bilan ham aloqalar xuddi shunday barqaror bo‘lishiga umid bildirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyida Germaniya Federativ Respublikasida Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng yangi federal kansler aniqlanadi. Merkel esa siyosatni tark etadi.

Angela Merkel 16 yildirki Germaniya kansleri lavozimini egallab keladi. U ilk bor 2005 yilda Xristian-demokratik ittifoqi partiyasidan kansler lavozimiga saylangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Merkel'

Baholaganlar

352

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing