Merkel Brexit`ning muhim bosqichda ekanini aytdi. Nahotki barchasi tugayapti?

Olam

image

2016 yilning 23 iyunida Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan referendum mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini uzil-kesil hal qildi. Uning natijalariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Ittifoqi tarkibidan chiqishi kerak. Biroq, jarayon paysalga solinmoqda. 

Germaniya kansleri Angela Merkel kecha, 13 oktyabr kuni Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini juda muhim bosqichda ekanini o‘tdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Biz Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi masalasida hal qiluvchi bosqichdamiz. Bugun biz yana bir bor pozitsiyalarimizni muvofiqlashtiramiz, garchi Bryusselda muzokaralar davom etayotgan bo‘lsada", dedi u.

Buyuk Britaniya 2019 yil 29 martda YeIni tark etishi kerak edi, Biroq, Britaniya Parlamentining jamoatlar palatasi a’zolari Bryussel va Bosh vazir Tereza Mey boshchiligidagi Hukumat o‘rtasida erishilgan Brexit shartlari to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini uch marta rad etdi. 

Natijada, Yevropa Ittifoqi  Brexit`ni birinchi aprel yoki may, keyin 31 oktyabrgacha kechiktirishga rozi bo‘ldi va Mey esa qiyin vaziyatdan chiqa olmagan holda iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

Uning o‘rnini egallagan Boris Jonson mamlakat Bryusseldan yangi kechikish so‘ramasligini va 31 oktabrdan kechikmay Yevropa Ittifoqini tark etishini talab qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Breksit Makron Merkel'

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing