Merey Omonboyeva o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Dilshod Esonovich Shakarov Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

U tayinlovga qadar Uchquduq tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Dilshod Shakarov 1975 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. U 1999 yilda Samarqand kooperativ institutini, 2009 yilda Samarqand davlat universiteti, 2024 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tugatgan. 2018-2019 yillarda ham Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasining sobiq boshlig‘i Merey Omonboyevaga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yakuniy sud hukmi o‘qilgandi. Sud hukmi bilan Merey Omonboyeva Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandida (Juda ko‘p miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Biroq sud Merey Omonboyeva ayol kishi ekani, muqaddam sudlanmaganligi, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanayotganligi, “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangani, yetkazilgan zarar qoplanganini hisoblab, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga (Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish) asosan jazodan ozod qilishni lozim topgan.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy viloyati Savdo-sanoat palatasi Merey Omonboeva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing