Mercedes nosozlik sabab 1,3 mlndan ortiq mashinasini qaytarib oladi

Texnologiya

image

Mercedes-Benz kompaniyasi favqulodda xizmatlarga chaqirish tizimidagi nosozlik sababli 1,3 milliondan ortiq avtoulovni qaytarib oladi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Mercedes-Benz Yevropada yuz bergan avtohalokatda avtomobilning favqulodda xizmatlarni chaqirish tizimi mashinaning joylashuvi haqida noto‘g‘ri signal yuborganini aniqlagan. Kompaniya 2019 oktyabrda surishtiruv boshlab, boshqa shunday holatlarni ham aniqlagan.

Kompaniya 2016 – 2021 yillarda ishlab chiqarilgan CLA, GLA, GLE, GLS, SLC, A, GT, C, E, S, CLS, SL, B, GLB, GLC va G. K modellari, Daimler Vans 2016-2020 Metris va 2019-2020 Sprinter avtomobillarini qaytarib oladi.

Bundan tashqari, Mercedes avtomobil egalarini ogohlantirishini va dasturiy ta’minotni bepul yangilashini bildirgan. Avtomobillarni qaytarish 6 apreldan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Mercedes-Benz

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing