Mercedes Benz Xitoydan o‘z avtomobillarini chaqirib oladi

Olam

image

Mercedes Benz xavfsizlik nuqtai nazaridan 9765 ta avtomobilini Xitoy bozoridan chaqirib oladi. Bu haqda Xitoyning bozorni tartibga solish bo‘yicha davlat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ushbu jarayon joriy yilning 26 mart kunidan boshlanadi. 2013 yilning 21 iyunidan 2016 yilning 27 sentyabrgacha ishlab chiqarilgan 5 218 ta avtomobilga, shuningdek, 2011 yilning 1 iyulidan 2017 yilning 19 fevraligacha Xitoyda ishlab chiqarilgan 4547 ta sedan chaqirib olinadi.

Mashinalarni qaytarib olish to‘g‘risidagi qaror ularning dasturidagi xato tufayli qabul qilindi. Ushbu dastur favqulodda chaqiruv tizimidagi sana va vaqt real hayotdagidan farq qilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu avtomobillarni ushlanib qolib harakatlanishiga yoki umuman harakatlanmasligiga sabab bo‘ladi. Bu esa yo‘lovchilar hayotiga xavf tug‘diradi. 

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, xatolarni to‘g‘irlash bepul amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Mercedes Benz

Baholaganlar

114

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing