Mening ismim yahudiycha – Mask

Bu qiziq

image

“Tesla” bosh direktori va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask Yevropa yahudiy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan konferensiyada o‘zining yahudiyligini aytib o‘tdi. Bu haqda “NBC News” xabar berdi.

"13 yoshimda Isroilga borganman. Mening ismim ham hatto yahudiycha. Do‘stlarimning ko‘pchiligini yahudiylar tashkil qiladi. Ba’zida hayron qolaman: Men ham yahudiymanmi?”, degan u nashr bilan suhbatda.

Mask Polshaning Osventsim shahridagi yahudiylar saqlangan konslagerga ham borganini qo‘shimcha qilgan. Tashrif chog‘ida milliarder Xolokostda halok bo‘lgan 1,1 million yahudiy qabrini ziyorat qilgan.

Qayd etilishicha, tadbirdan asosiy maqsad  G‘azoda Isroil-HAMAS urushidan keyin butun dunyo bo‘ylab antisemitizm kuchayib borayotganiga qarshi kurashish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask bo‘lajak prezidentlik saylovlarida AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenga ovoz bermasligini o‘zining X dagi sahifasida ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayxona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ilon Mask

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing