Mask Baydenga ovoz bermasligini ma’lum qildi

Olam

image

Amerikalik biznesmen va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask bo‘lajak prezidentlik saylovlarida AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Baydenga ovoz bermasligini ma’lum qildi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

Milliarder 2023 yilning may oyida CNBC telekanaliga bergan intervyusida 2020 yilgi saylovlarda Baydenga ovoz berganini tan olgan. 

“Hozir Baydendan norozimisiz?”  degan savolga Mask savol bilan javob berdi: “Biz hammamiz normal odam prezident bo‘lishini xohlaymiz, shunday emasmi? Prezident amalda mamlakatning ijrochi rahbari bo‘lgani sababli, biz uchun uning yaxshi ijrochi rahbar ekani muhim”, degan u.

Ayni paytda esa milliarder "Baydenga ovoz berishini tasavvur qila olmasligi" haqida yozdi.

Ma’lumot uchun, oldinroq Mask Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Ramasvamiga ishonishini aytgandi. 

AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tramp ham, Bayden ham unda ishtirok etishini e’lon qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mask xodimlarini nohaq ishdan bo‘shatishda ayblanayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing