Meni yo‘q qilishga urinayotgan kanallar bor – Ronaldu
Sport
−
16:35 967 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu tanqidlarga munosabat bildirib, ularga e’tibor bermasligini aytdi. Futbolchi tanqidchilarning hujumlarini miltiqdan otilgan o‘qqa qiyosladi. Bu haqda “Record” xabar berdi.
“Men 100 foiz ochiq gapira olmayman... Siyosiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishim kerak. Odatda, doim meni juda yaxshi qabul qilishlarini aytaman, ammo bu yil boshqacha iliqlikni his qildim. Meni yo‘q qilishga urinayotgan kanallar borligini tushunaman, lekin bu faqat miltiq bilan qilingan hujum. Shunda ham men o‘qdan qochaman”, deydi Ronaldu.
Hujumchi tanqidlarga allaqachon ko‘nikib qolganini ham ta’kidlagan.
“Odamlar meni yoqtirmasligiga allaqachon o‘rganib qolganman va buni nazorat qila olmayman. Olti kishi meni yoqtirmasa, bu menga ta’sir qilmaydi”, deydi futbolchi.
41 yoshli Ronaldu bugun, 24 sentyabr kuni Uelsga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi safida maydonga tushishi kutilmoqda. Futbolchi, shuningdek, ko‘pchilik uni terma jamoadan ketishini istashini aytdi. Biroq uning motivatsiyasi faoliyatini davom ettirishini xohlayotgan muxlislardan kelayotganini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda va milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U terma jamoa safida 146 ta gol urgan. Ronaldu 2016 yilda Yevropa chempionatida, shuningdek, 2019 va 2025 yillarda Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.
Live
Barchasi