“Menga bola emas, pul kerak...” Yana bir odam savdosining oldi olindi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
7491Surxondaryo viloyatida o‘zi dunyoga keltirgan farzandini qimmatroq narxga sotish ilinjida, xaridor qidirib yurgan ayol to‘g‘risida ichki ishlar organlari xodimlariga ma’lumot kelib tushadi. Jinoyatning oldini olish maqsadida joriy yilning 21 yanvar kuni soat 18.00da tezkor tadbir o‘tkazildi. Unga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi Tog‘li va chegara hudud Sina tezkor bo‘linmasi tezkor xodimlari jalb etildi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumanida yashovchi, 27 yoshni qarshilagan X.S. qaramog‘idagi 2 yoshu yetti oylik voyaga yetmagan o‘g‘lini mijozga, tumanning “Bahoriston” mahallasi hududida joylashgan oshxonalarning birida 5.000.000 (besh million) so‘mga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, X.S. pullarni olganidan keyin, kelajakda farzandini umuman izlamasligini, unga farzandi kerak emasligini takror va takror ta’kidlagan.
Unga nisbatan 2020 yilning 3 fevral kuni Denov tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
LiveBarchasi