Men sehrgar emasmanki, internetni tezlashtirib yuborsam – Olimjon Umarov
Jamiyat
−
21 may 2021
6840Bugun, 21 may kuni Toshkent besh tashabbus harakati doirasida yoshlarning Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari yo‘nalishi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov yig‘ilganlar bilan muloqot vaqtida ko‘pchilikka qiziq bo‘lgan mavzu – internet tezligi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Men sehrgar emasman, internet tezligini oshirib yubora olmayman. Biroq bu borada ishlar olib borilmoqda, qiladigan ishlar bor hali”, deya ta’kidladi u.
Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida internet narxi arzonlashgan. Sun’iy yo‘ldosh haqidagi savolga esa, u orqali internet aloqa qimmat va stabil emas. Eng barqaror internet – optik tolali aloqa orqali.
“2015 yilda butun respublika bo‘ylab 2 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali kabellar tortildi, joriy yilda – 50 ming km. kabel tortish rejalashtirilgan. 1 iyundan boshlab aloqa operatorlari uchun internet narxi o‘zgaradi, narxlar yana 15 foizga pasayadi. Yana bir muhim jihat. Ilgari “tezlik 4 mb.gacha” deb yozishardi. Endi o‘sha “gacha” degan joyi bo‘lmaydi. Agar siz internet uchun 100 ming so‘m to‘lasangiz, siz xizmatlarning butun hajmi uchun to‘lagan bo‘lasiz. Agar sekundiga 10 mb. yozilgan bo‘lsa, demak, xuddi shuncha tezlik bo‘lishi kerak”, deya qayd etdi Umarov.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent besh tashabbus harakati doirasidagi festival 21–25 may kunlari davom etadi.
LiveBarchasi