Olimjon Umarov Bosh vazir maslahatchisi etib tayinlandi
Jamiyat
−
27 may 2020 14747 1 daqiqa
Olimjon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u 2017 yilning yozidan buyon AKT vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28