Men futbolni emas, futbol meni sog‘indi – Ibragimovich (video)
Sport
−
12 mart
4081Shvetsiyalik afsonaviy futbolchi, hozirda “Milan” klubida maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Zlatan Ibragimovich “Qirollik media ligasi” prezidenti sifatida yangi loyihaga ish boshlaydi. Bu haqda liga o‘z sahifasida ma’lum qildi.
“Qirollik media ligasi”ga “Barselona” afsonasi Jerar Pike tomonidan asos solingan. Liga 26 maydan 8 iyungacha Mexiko shahrida media jamoalar o‘rtasida tarixda ilk bor Jahon chempionati o‘tkazmoqchi va Zlatan mazkur media turnirning asosiy personalaridan biri bo‘ladi.
“Men 30 tadan ortiq titullarni qo‘lga kiritdim va 500 dan ortiq gol urdim. Ochig‘i futbolni sog‘inmadim, futbol meni sog‘indi”, deydi Zlatan media liga videosida.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich o‘tgan mavsumdan so‘ng rasman faoliyatini yakunladi. U “Milan”, “Inter”, “Barselona”, “Yuventus”, PSJ, “Ayaks”, “Los-Anjeles Gelaksi” va “Malmo” kabi jamoalarda o‘ynagan.
LiveBarchasi