Men futbol xizmatkoriman – Ermatov ham jimjimadorlik bilan boshladi

Sport

image

Avvalroq, bugun, 29 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida O‘FAning yangi birinchi vitse-preztidenti Ravshan Sayfuddinovich Ermatov ishtirokida OAV vakillari uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

“Futbolni futbol qiladiganlar bu murabbiylar va futbolchilar! Biz endi yo‘nalishni o‘zgartiramiz, birinchi o‘ringa murabbiy va futbolchilarni qo‘yamiz. O‘FA xodimlari futbolga xizmatkor bo‘ladi. Biz xizmat qilgani keldik. 

Biz oyog‘imiz yerda turib xizmat qilsak, murabbiylar va futbolchilar hurmatini joyiga qo‘yib qo‘ysak, ular ham ikki barobar kuch bilan mehnat qiladi. Murabbiylarimizning tajriba va malakasini oshirish uchun maxsus rejalar ishlab chiqqanmiz. Ularga bu borada yordam berish kerak.

Endi futbolchilar va murabbiylarning dardiga ko‘proq quloq solishimiz kerak. Murabbiylar kengashi qayta tiklanadi. Oldin bilasizlar, bunday kengash mavjud edi. Unda terma jamoalarga murabbiy tanlash va futbolchilar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazilar edi. Yaqin kunlarda buni qayta tiklaymiz.

Bizning xato qilishga haqqimiz yo‘q. Qilingan birgina xato ham futbolni bir necha yillar ortga surib tashlaydi. Shuning uchun maslahatlashib shoshmasdan qarorlar chiqaramiz”, deydi Ravshan Ermatov.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Ravshan Ermatov

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing