Men frontga qaytdim – Tramp yana Oq uyda (video)
Olam
−
06 Oktabr 2020
12369AQSH Prezidenti Donald Tramp muolajalardan so‘ng Uolter Rid harbiy shifoxonasidan chiqdi va Oq uyga qaytdi.
Amerika rahbari bino ichidan tibbiy niqob taqqan holda soqchilar hamrohligida chiqqan. U jurnalistlarning savollariga javob bermagan. Oq uy rahbari o‘z qarorgohiga vertolyotda yo‘l olgan.
Tramp vertolyotdan tushib Oq uy ayvoni tomon ko‘tarilgan. Niqobini yechib, uning xavfsizligini ta’minlagan askarlarga minnatdorlik bildirgan. Shundan so‘ng, Trampning Twitter sahifasida uning murojaat yo‘llagan videosi paydo bo‘lgan.
"Tuzalishimga yordam bergan barcha shifokorlar, hamshiralarga rahmat. Shuni aytmoqchimanki, koronavirusga sizni boshqarishiga imkon bermang. Qo‘rqmang, bizda eng yaxshi shifokorlar ishlaydi. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hatto 20 yil oldingidan ham yaxshiroq.
Men frontga qaytdim. Yana takrorlayman, kasallik sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang, ehtiyot bo‘ling. Vaksina ham iloji boricha tezroq yaratiladi. Meni qo‘llaganingiz uchun rahmat", deb murojaatini yakunalagan Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniyada joriy yilning 1 oktyabr kuni koronavirus aniqlangandi. Biroz o‘tib esa Prezident Uolter Rid harbiy shifoxonasiga yotqizilgandi.
4 oktyabr kuni esa Tramp Uolter Rid klinikasi oldida to‘plangan tarafdorlariga minnatdorlik bildirish uchun qisqa vaqtga shifoxonani tark etgandi.
LiveBarchasi