Men erkin fikrli jurnalistlar tarafidaman – Prezident
Jamiyat
−
31 avgust 2023
4069Kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun so‘z va matbuot erkinligi zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda bunga alohida urg‘u berdi.
“Bizga, birinchi navbatda, kuchli fuqarolik jamiyati zarur, chunki har qanday islohot har birimizning yuragimizdan, ongimizdan boshlanishi lozim. Adolatli qonunlar bo‘yicha vijdonan yashashga tayyor bo‘lishimiz, mamlakat kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarib, olg‘a qadam bosmog‘imiz kerak”, deydi Prezident.
Davlat rahbariga ko‘ra, bugun kuchli fuqarolik jamiyatini OAV erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
“Bugun rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish haqida gap borar ekan, buni so‘z va matbuot erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Butun dunyoda jurnalistlar o‘zlari va jamiyatni o‘ylantirayotgan, xavotirga solayotgan mavzular haqida gapirish va yozish huquqi uchun, haqiqat uchun kurashganlar va bundan keyin ham kurashadilar.
Ammo, ishonch bilan ayta olamanki, men erkin fikrli jurnalistlar tarafida bo‘lganman va doimo shu pozitsiyada bo‘laman. Ayni vaqtda axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon bo‘lishi kerak”, deyiladi Shavkat Mirziyoyevning nutqida.
LiveBarchasi