Men dunyodagi eng zör futbolçiman – Keyn

Sport

−

image

“Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumçisi Harri Keyn 2026 yilgi “Oltin töp” sovrinini qölga kiritganidan söng hozirda dunyoning eng zör futbolçisi ekanligini aytdi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida yozib qoldirdi.

Futbolçi Londondagi Palladium teatrida ötkazilgan taqdirlaş marosimidagi ğalabasidan keyin muxlislarga minnatdorlik bildirdi.

“Barçangizga salom! Bu 2026 yilgi “Oltin töp” sohibi – menman. Voy, bu qanday ajoyib tuyğu! Londondagi ajoyib oqşom bilan barçani tabriklayman. Döstlarimga, jamoadoşlarimga, murabbiylar va xodimlarga, butun dunyodagi muxlislarga rahmat. Sizlarsiz buning imkoni bölmasdi. Endi men dunyodagi eng zör futbolçiman. Bu ajoyib his. Katta rahmat!” deydi Harri Keyn.

Angliyalik hujumçi videoga “Oltin töpni yutiş men uçun şaxsan nimani anglatişi haqida qisqaça xabar!” deya izoh qoldirdi.

Ovoz beriş natijalariga köra, ikkinçi örinni “Real” hujumçisi Kilian Mbappe, uçinçi örinni esa “Barselona” yulduzi Lamin Yamal egalladi.

Ma’lumot uçun, “Oltin töp” sovrini 1956 yildan buyon “France Football” jurnali tomonidan yilning eng yaxşi futbolçisiga topşirib kelinadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing