Men CHLni butun “Barsa”dan ko‘proq marta yutganman – Modrich

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” – “Seul” o‘rtoqlik o‘yini (7:3) vaqtida klub telekanalida sharhlovchi Ispaniya Kubogi finalida Luka Modrich tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoni eslab, kinoya bilan Modrichning so‘nggi yutug‘i o‘sha o‘yindagi Kunde tomon bergan golli passi ekanini aytgan edi. Ushbu gap ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng, Modrich o‘z munosabatini bildirdi.

“Men Chempionlar ligasini “Barselona” butun tarixida yutganidan ko‘proq marta yutganman. Shuning uchun ular nima deyishi menga mutlaqo ahamiyatsiz”, degan “Milan” a’zosi.

Ma’lumot uchun, xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Madridning “Real” jamoasi bilan Chempionlar ligasini 6 marta qo‘lga kiritgan. “Barselona” esa o‘z tarixida bu musobaqani 5 marta yutgan. 2025 yilning yozida Modrich “Milan” safiga o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilgi Ispaniya Kubogi finalida “Barselona” “Real”ni qo‘shimcha bo‘limda 3:2 hisobida mag‘lub etgan, hal qiluvchi golni esa Jyul Kunde kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Luka Modrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing