Tramp Turkiyadan harbiy samolyotda “qochganini” tan oldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp iyul oyi boshida Turkiyani o‘z samolyotida emas, balki boshqa samolyotda yashirincha tark etganini tan oldi. U bunga sabab sifatida AQSH Maxfiy xizmati tavsiyasini keltirdi. 

“Bu faqat Maxfiy xizmatga bog‘liq. Men shunchaki ular xohlagan ishni qilyapman. Ular meni boshqa samolyotda uchishimni xohlashdi va men aytganlarini qildim”, degan davlat rahbari Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan. 

10 avgust kuni “The Washington Post” gazetasi Tramp 7-8 iyul kunlari Anqarada bo‘lib o‘tgan NATO sammitidan so‘ng o‘zining prezidentlik samolyotiga chiqib, bir necha daqiqadan so‘ng maxfiy ravishda AQSH Harbiy-havo kuchlarining C-32A harbiy-transport samolyotiga o‘tkazilgani haqida yozdi. Unda qayd etilishicha, potensial jinoyatchilarni chalg‘itish operatsiyasi Trampga Eron bilan bog‘liq haqiqiy tahdid tufayli amalga oshirilgan.

"Nazarimda, xavf bor edi. Bu haqda ortiqcha surishtirib o‘tirmadim. Menga nisbatan tahdidlar ko‘p. O‘ylaymanki, aslida men uchgan o‘sha samolyot katta xavf ostida bo‘lgan. Uni nishonga olish ehtimoli ancha yuqori edi, deb hisoblayman", degan Prezident. 

Shuningdek, jurnalistlar bilan muloqotda davom etarkan, o‘ziga nisbatan tahdidlar ko‘pligi va bu haqidagi axborotlar hamisha ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmasligini aytgan. 

“Menga nisbatan tahdidlar ko‘p. Siz bilmaydigan juda ko‘p tahdidlarga duch kelyapman”, degan Tramp. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing