Men hech qachon “Real”da o‘ynamagan bo‘lardim – Rafinya

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Rafinya unga qaysi futbol klublarining o‘yin uslubi ko‘proq ma’qul bo‘lishini aytdi. Bu haqda “Onefootball” xabar berdi.

“Men hech qachon “Real”da o‘ynamagan bo‘lardim. Ispaniyada menga “Barselona” yoqadi, xorijda esa PSJ va “Arsenal”ning o‘yinlarini kuzataman.  Albatta, Messi bilan o‘ynashni xohlayman. Men uning “Barselona”ga qaytib, biz bilan o‘ynashini istardim”, deydi Rafinya.

Rafinya “Barselona” safida 2022 yilning yozidan buyon to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsumda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. U Yevropa Ligasi doirasidagi bitta o‘yinda gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rafin'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing