Meloni Tramp bilan ishlashga tayyorligini ma’lum qildi
Olam
−
06 yanvar
3512Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan ishlashga tayyorligini aytdi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
2022 yil oktyabr oyidan beri Italiyaning hukmron koalitsiyasini boshqarib kelayotgan Meloni 4 yanvar kuni kechqurun Mar-a-Lagodagi qarorgohida oldindan e’lon qilinmagan safari doirasida Tramp bilan uchrashdi.
"Donald Tramp bilan ajoyib oqshom, uni qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Birgalikda ishlashga tayyormiz", deb yozdi Meloni ijtimoiy tarmoqda Tramp bilan tushgan suratini joylashtirgan holda.
Muzokaralar tafsilotlari oshkor etilmadi, biroq Italiya Bosh vaziri o‘rinbosari Matteo Salvini suhbat chog‘ida o‘tgan oy Eronda hibsga olingan italiyalik jurnalist Sesiliya Sala taqdiri muhokama qilinganini aytdi.
"Jorjiya Meloni tinchlik, sanoat va savdo hamkorligi, xavfsizlik va Sesiliya Salani ozod qilish haqida suhbatlashish uchun Donald Tramp bilan uchrashdi", deb yozdi Salvini X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
"Bu juda hayajonli. Men bu yerda ajoyib ayol, Italiya Bosh vaziri bilan birgaman. U haqiqatan ham Yevropani bo‘ron bilan oldi", dedi Tramp Mar-a-Lagoda yig‘ilganlarga.
Meloni konservativ qarashlarini hisobga olgan holda Tramp uchun potensial kuchli hamkor sifatida ko‘riladi. U, shuningdek, Trampning yaqin ittifoqchisi bo‘lgan milliarder Ilon Mask bilan yaqin aloqada.
Tramp va Meloni birgalikda Jon Istmanning jinoiy tergovi va ta’qibi haqidagi hujjatli filmni tomosha qildi. Istman aylangan prezidentning sobiq advokati bo‘lib, u Trampning 2020 yilgi saylov natijalarini qonuniy yo‘l bilan bekor qilish harakatlarida muhim rol o‘ynagan.
Meloni 5 noyabrdagi saylovlardan buyon Floridaga Trampga tashrif buyurgan bir qancha xorijiy yetakchilarning oxirgisi bo‘ldi. Tramp allaqachon Argentina Prezidenti Xaver Miley, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashgan.
LiveBarchasi