Meliqo‘ziyev navbatdagi meksikalik raqibini 3-raundda nokautga uchratdi

Sport

image

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazdi.

Jang 3 raund davom etdi va  Bektemirning katta ustunligi bilan o‘tdi. 2-raundda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. 3-raundda esa Meliqo‘ziyevning kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi. 

Bu o‘zbekistonlik sportchining professional ringdagi 6-g‘alabasi bo‘ldi. Bektemir ushbu g‘alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

380

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing