Meliqo‘ziyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Meliqo‘ziyevning bo‘lajak jangdagi raqibi amerikalik Ulises Siyerra bo‘ladi.

Qayd etilishicha, Meliqo‘ziyev - Siyerra to‘qnashuvi 28 yanvar kuni o‘tkaziladi. 10 raunddan iborat jangda g‘olib bo‘lgan charm qo‘lqop ustasi “WBA Continental Americas Super Middle” kamarini qo‘lga kiritadi.

Bektemir Mo‘liqo‘ziyev profboksda umumiy 11 ta jang o‘tkazib, 10 ta g‘alaba qayd etgan. Siyerra esa 21 ta jangda 17 ta g‘alabaga erishgan. Bokschi 2 ta bahsda durangga imzo chekkan bo‘lsa, yana 2 ta jangda imkoniyatni boy bergan.

Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziyev - Siyerra to‘qnashuvi AQSHning Kaliforniya shtatidagi “YouTube Theater” arenasida o‘tkaziladi. Jang oqshomi “Goldenboy” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Meliqo'ziev Sierra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing