Ertangi jang oldidan Meliqo‘ziyev vazn o‘lchash marosimida ishtirok etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 29 yanvar kuni profboksning super o‘rta vazn toifasida 10 raunddan iborat navbatdagi jangini o‘tkazadi. Meliqo‘ziyevga amerikalik tajribali bokschi Ulises Siyerra raqiblik qiladi.

Bugun, 28 yanvar kuni bokschilar jang oldidan vazn o‘lchash marosimida qatnashdi. Bo‘lajak jang WBA yo‘nalishi bo‘yicha kontinental kamari uchun o‘tkaziladi.

Siyerraga qarshi bahs Bektemir uchun professional boksdagi 12-jang bo‘ladi. Hozirda o‘zbekistonlik sportchi hisobida 10 g‘alaba va bir mag‘lubiyat mavjud. Ulises Siyerra esa profboksda 17 ta g‘alabaga erishgan. AQSHlik charm qo‘lqop ustasining 2 ta jangida durang qayd etilgan bo‘lsa, yana 2 ta jangda Siyerra mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rgan. 

Ma’lumot uchun, Meliqo‘ziyev – Siyerra to‘qnashuvi AQSHning Kaliforniya shtatida o‘tkaziladi. Jang Toshkent vaqti bilan taxminan 5:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Meliqo'ziev Sierra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing