Bugun 10 nafar o‘zbek bokschisi Osiyo chempionligi uchun jang qiladi
Sport
−
26 yanvar 2023
8238Bugun, 26 yanvar kuni Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati bahslari yakunlanadi.
Turnirning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi turli vaznlarda oltin medal uchun ringga chiqadi.
Final janglari ro‘yxati:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) (12:00 da boshlanadi);
-60 kg: Dilshod Abdumurodov – Putanet Rodsuk (Tailand) (13:00 dan so‘ng);
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev – Tulga Oyunbaatar (Mo‘g‘uliston) (13:15 dan so‘ng);
-67 kg: Bekzod Hamidov – Abzal Serik (Qozog‘iston) (13:30 dan so‘ng);
-71 kg: Nurislom Ismoilov – Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston) (13:45 dan so‘ng);
-75 kg: A’loxon Abdullayev – Dias Moljigitov (Qozog‘iston) (14:00 dan so‘ng);
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Xalimulati Riyemandu (Xitoy) (14:15 dan so‘ng);
-86 kg: Shohjahon Abdullayev – Roberrd Muskita (Indoneziya) (14:30 dan so‘ng);
-92 kg: Nusrat Tohirov – Abdulla Rajabov (Kambodja) (14:45 dan so‘ng);
+92 kg: Jahongir Zokirov – Aijaxair Tuonongdaji (Xitoy) (15:00 dan so‘ng).
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kuni ayollar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston ayollar jamoasi turnirni jami 10 ta medal bilan yakunladi.
LiveBarchasi