Meliqo‘ziyev 7-jangida amerikalik raqibini texnik nokautga uchratdi (video)

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (7-0, 6KO) AQSHning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga (19-5-1, 8 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

8 raundga mo‘ljallangan jangning 3-raundida Meliqo‘ziyevning chap qo‘lda yo‘llagan kuchli zarbasidan keyin raqib yerga o‘tirib qoldi. Shundan so‘ng hakam jangni to‘xtatdi va Bektemir texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 7-jangida 7-g‘alabasiga (6 tasi nokaut) erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev

Baholaganlar

355

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing