Melaniya Tramp memuar yozish haqida o‘ylamoqda

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp birinchi xonim sifatida memuar yozish haqida o‘ylayapti. Bu haqda "Page Six" xabar bergan. 

"Melaniya Oq uy hayoti haqida memuar yozmoqchi. Bu uning o‘zi uchun pul bo‘ladi - mustaqil pul ishlash imkoniyati", deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Melaniya taqdim etadigan voqealar "katta pul olib kelishi mumkin", shuning uchun Tramp rafiqasini "kitob yozishga undaydi". 

Xabar berganimizdek, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya mamlakatda 3 noyabrda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijalari e’lon qilinganidan so‘ng ajrashish haqida o‘ylab qo‘ygan.

Melaniya turmush o‘rtog‘i davrida Oq uyda o‘tkazadigan so‘nggi Rojdestvosi uchun keltirilgan archalarni qabul qilib olgani haqida ham xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MELANIYa TRAMP

Baholaganlar

170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar