Meksikadagi yong‘inda 35 migrant halok bo‘ldi
Olam
−
28 mart 2023 6869 1 daqiqa
Meksikaning Syudad-Xuares shahridagi Milliy migratsiya xizmati markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 35 nafar muhojir vafot etdi. Bu haqda “Excelsior” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 35 nafar muhojir halok bo‘lgan, 100 ga yaqin kishi esa is gazidan zaharlangan. Ularning ahvoli og‘ir.
Nashrning yozishicha, yong‘inni Syudad-Xuares shahridagi Stenton-Lerdo xalqaro ko‘prigi ostida, Texas shtatining El-Paso bilan chegarasida joylashgan federal markazda qo‘lga olingan muhojirlar boshlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Migratsiya xizmati markazi Meksikaning AQSH bilan chegaradosh Syudad-Xuares shahrida joylashgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025