Meksikada zilzila yuz berdi
Olam
−
02 mart 2023 15678 1 daqiqa
Meksika janubida 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSH Geologiya xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yer silkinishlari mamlakat janubidagi Oaxaka-de-Xuares shahrida, Serra-Madre-del-Sur tog‘larida boshlangan. Ba’zi manbalarda zilzila o‘chog‘i 87,7 km deb keltirilgan bo‘lsa, ba’zilarida esa 95 km ekani ko‘rsatilgan.
AS portaliga ko‘ra, Oaxaka shtatida zilzila haqida ogohlantirish tizimi ishlamagan. Shu bilan birga, mamlakat fuqarolik mudofaasi milliy boshqarmasi yer silkinishlari Tabasko va Chiapas shtatlarida ham sezilganini yozgan.
Hozirda yer silkinishi oqibatida halok bo‘lgan yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr