Meksikada Z-avlod namoyish boshladi

Olam

image

Meksikada avj olgan giyohvand moddalar savdosi va zo‘ravonliklar sabab Z avlod namoyish boshladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishlarga har yili o‘n minglab meksikaliklarning hayotiga zomin bo‘lgan korrupsiya va giyohvand moddalar savdosi sabab bo‘lgan. Minglab yoshlar ko‘chalarda namoyish o‘tkazishi oqibatida kamida 120 kishi yaralangan. 

Namoyishchilar mahalliy politsiyani toshbo‘ron qilgandan so‘ng, zobitlar ham odamlarga tayoqlar  bilan hujum qilgan. 

“Avvaliga namoyishlar tinch yo‘l bilan boshlangan edi. Biroq bir guruh niqobli odamlar zo‘ravonlik qila boshladi”, deydi Meksika shahrining xavfsizlik boshlig‘i Pablo Vaskes.

Vaskesning xabar berishicha, namoyishlar chog‘ida 100 nafar politsiyachi yaralangan, ulardan 40 nafari jarohatlar olgan va shifoxonada davolanishga muhtoj, 20 nafar namoyishchi jarohatlangan.

Namoyishchilarning aksariyati 1 noyabr kuni o‘z shahrida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi to‘dalarga qarshi salib yurishiga rahbarlik qilgani uchun o‘ldirilgan Uruapan meri Karlos Alberto Manzo Rodrigesga bag‘ishlangan plakatlar ko‘tarib, shlyapalar kiyib olishdi.

“U o‘ldirildi, chunki u jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun tog‘larga zobitlarni yuborayotgan odam edi. U ularga qarshi turishga jur’at etdi”, dedi Michoacan shtatidan kelgan 65 yoshli ko‘chmas mulk agenti Rosa Mariya Avila. 

Namoyishchilar Meksika Prezidenti  Klaudiya Sheynbaum yashaydigan va ishlaydigan Milliy saroy oldida to‘planib, bino atrofidagi to‘siqlarning bir qismini qulatgan. Hudud qo‘riqchilari to‘siqlarni urayotgan odamlarni ushlab turish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepgan. 

Rasmiylarga ko‘ra, Meksikaning ikkinchi yirik shahri Gvadalaxarada ham tartibsizliklar sodir bo‘lgan, u yerda 47 kishi hibsga olingan va 13 kishi, jumladan, uch politsiyachi yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippin poytaxti Manilada taxminan 550 ming kishi toshqinlardan himoya loyihalari atrofidagi firibgarliklarga qarshi norozilik bildirgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Meksika Z-avlod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing