Meksikada yuz bergan otishmada kamida 10 poygachi halok bo‘ldi

Olam

−

image

Meksikada ro‘y bergan otishma oqibatida kamida o‘n nafar poyga haydovchisi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohat oldi. Bu haqda “Milenio” nashri xabar berdi.

“Kamida o‘nta poyga haydovchisi San-Visente, Ensenada, Quyi Kaliforniya shtatida boshqa mashina yo‘lovchilari tomonidan otib o‘ldirilgan”, deyiladi xabarda.

Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, kulrang furgon poyga ishtirokchilarining mashinalari qo‘yilgan yoqilg‘i quyish shoxobchasiga yetib kelgan. U yerda bo‘lgan noma’lum shaxslar avtomat quroldan o‘q uzgan. 

Hozirda jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.

Voqea joyiga mamlakat xavfsizlik xodimlari chaqirilgan. Shuningdek, poyga ishtirokchilariga qilingan hujumni San-Visente shahri meri Armando Ayyala Robles qoralab chiqqan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing