Meksikada shahar meri timsohga uylandi

Bu qiziq

image

Meksikaning San-Pedro-Uamelula shahri meri Viktor Gyugo Sosa “La Nina Princyesa” (“Malika qiz”) laqabli timsohga uylandi. Bu haqda "Fulrio.com" sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Meksikaning San-Pedro-Uamelula shahri ma’muriyati rahbari Viktor Gyugo Sosa go‘yoki yurtiga tinchlik va omad olib kelish uchun timsohga uylangan. Mazkur hayvon timsohlarning kayman turiga mansub bo‘lib, unga Alisiya Adriana deb ism qo‘yishdi. To‘ydan oldin marosim ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash uchun uning og‘zini arqon bilan bog‘lashgan.

"Men mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman, chunki biz bir-birimizni sevamiz. Muhimi shu. Sevgisiz nikoh bo‘lmaydi. Men “Malika qiz”ga uylanishga roziman", deydi shahar meri.

Ta’kidlanishicha, go‘yoki bunday "nikoh" xudolarga tuhfa sifatida qaralib, ular o‘z navbatida shahar aholisini yomg‘ir, mo‘l hosil, shuningdek, tinchlik va osoyishtalik bilan ta’minlashi kerak. Ushbu hududlarda timsohlar uzoq vaqtdan beri mahalliy aholi uchun tirikchilik manbai bo‘lgan suv va muvaffaqiyatli baliq ovining ramzi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing