Meksikada prezidentlikka nomzodning saylovoldi tashviqotida sahna qulab tushdi (video)

Olam

image

Meksikaning Nuevo-Leon shtatida prezidentlikka nomzod Xorxe Maynesning saylovoldi tashviqoti mitingi vaqtida sahna qulab tushdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Shtat gubernatori Samuel Garsiyaga ko‘ra, hodisa oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan, bir bola halok bo‘lgan, 50 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Tibbiy ko‘rikdan so‘ng Maynes voqea joyiga qaytgan va jurnalistlar bilan uchrashgan.

Meksika prezidentligiga nomzodning so‘zlariga ko‘ra, sahna konstruksiyalari kuchli shamoldan keyin qulab tushgan.

Maynes voqea tufayli saylov kampaniyasini vaqtinchalik to‘xtatayotganini aytib, voqea holatlari chuqur o‘rganilishiga umid bildirgan.

Xorxe Maynes “Fuqarolar harakati” partiyasi nomidan Meksika prezidentligiga da’vogarlik qilmoqda.

“Reuters” agentligining xabar berishicha, so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, eng mashhur nomzodlar orasida Maynes uchinchi o‘rinda turadi.

Meksikada prezidentlik saylovlari 2 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Meksika saylovoldi tashviqot\

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made