Meksikada 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
20 Sentabr 2022
5239Kecha, 19 sentyabr kuni Meksikada sodir bo‘lgan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida beshta hududda 1,2 millionga yaqin fuqaro elektrsiz qoldi. Bu haqda Meksika Federal elektr komissiyasi ma’lum qildi.
“Zilziladan beshta hududda 1,2 million foydalanuvchi zarar ko‘rdi. Xizmat 68 foizga tiklandi, bu shtatlardagi 14,6 million iste’molchining 8 foizi zarar ko‘rdi", deyiladi xabarda.
Ctatistik ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt va Mexiko shtatida 900 mingdan ortiqiste’molchilar elektr energiyasidan uzilib qolgan. Yana 145 ming odam Kolima shtatida, 106 ming odam silkinishlar epitsentri joylashgan Michoakanda, shuningdek, 72 ming fuqaro Xalisko shtatida elektr energiyasisiz qolgan.
Qayd etilishicha, Kolima shtatida bir kishi halok bo‘lgan, Mexiko shahrida bir kishi jarohat olgan.
Yetkazilgan moddiy zararning umumiy miqdori haqida ma’lumot hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 18 sentyabr kuni Tayvanning aholi kam yashaydigan janubi-sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q.
Ma’lumot o‘rnida, Meksika 1985 yil 19 sentyabrda zamonaviy tarixdagi eng dahshatli tabiiy ofatlardan birini boshdan kechirgan. Birgina poytaxtda 8,1 magnitudali zilzila 50 mingdan ortiq binoni qisman yoki butunlay vayron qilgan. Qurbonlarning umumiy soni, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 dan 40 ming kishigacha.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi