Meksika o‘z tarixidagi eng yirik narkotik partiyasini musodara qildi
Olam
−
19 Oktabr
5636Meksikaning Harbiy-dengiz kuchlari vazirligi Michoakan shtati sohillari yaqinida og‘irligi 8,3 tonnaga teng bo‘lgan rekord darajadagi narkotik partiyasini musodara qildi. Bu haqda vazirlikka tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“Harbiylar operatsiya davomida umumiy og‘irligi taxminan 8 361 kg bo‘lgan noqonuniy yukni musodara qildi. 23 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Lasaro-Kardenas shahri (Michoakan shtati)ning janubi-g‘arbidagi olti kichik qayiq musodara qilindi”, deyiladi harbiy-dengiz kuchlari bayonotida.
Nashrga ko‘ra, patrul jarayonida tez yuruvchi qayiqlar aniqlangan. Ular orasida uchta dvigateli bor, uzunligi taxminan 15 metr bo‘lgan kater ham bo‘lgan. Harbiy-dengiz kuchlari ushbu katerdan umumiy og‘irligi 2 179 kg 93 ta ehtimoliy narkotiklar saqlangan qadoqlar musodara qilinganini bildirgan.
“Qayd etish kerak, mamlakatning amaldagi rahbariyatining 18 kunlik faoliyati natijasida quyidagi yutuqlar qo‘lga kiritildi: 37 kishi qo‘lga olindi, 11 752 kg taxminiy narkotiklar musodara qilindi, 8 ta tez yuruvchi qayiq, 2 ta kater, 23 ta dvigatel va 12 825 litr yoqilg‘i musodara qilindi”, deya hisobot bergan harbiy-dengiz kuchlari.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent xalqaro aeroportida so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik miqdordagi – 8,5 tonna giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolingandi.
LiveBarchasi