Meksika samolyoti AQSHda halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
23 dekabr 2529 1 daqiqa
Bugun, 23 dekabr kuni Meksika Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli King Air ANX 1209 samolyoti AQSHning Texas shtatidagi Galveston shahri yaqinida qo‘nish paytida halokatga uchradi. Bu haqda CNN xabar berdi.
AQSH Sohil qo‘riqlash xizmatiga ko‘ra, samolyot kuyish jarohatlarini olgan bemorlarni olib ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 5 kishi halok bo‘lgan, ularning ichida 2 yoshli bola ham bor. Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida to‘rt kishi tirik holda topilgan, bortda bo‘lgan yana bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. KFDM telekanali ma’lumotiga ko‘ra, kamida bir nafar bola suvdan chiqarilib, tez yordam mashinasiga joylashtirilgan.
King Air samolyotida insonparvarlik missiyasi doirasida parvoz amalga oshirilayotgan bo‘lgan. Havo kemasi halokatga uchragach, AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati tomonidan darhol qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Ikki kishini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Hozirda halokatga uchragan samolyot ichida qolayotgan yana ikki kishini qidirish ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada favqulodda qo‘nishga urinayotgan kichik xususiy samolyot qulashi oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi